platina.uz
Iqtisod

Yuz mingta "Kobalt"ning uchdan biri ham sotilmadi

Kompaniya buni dilerlar orqali sotish qarorini shartnoma tuzish jarayoni yakunlanganidan keyin kelib tushgan murojaatlar soni koʻpligi bilan izohladi.

Yuz mingta "Kobalt"ning uchdan biri ham sotilmadi

UzAuto Motors kompaniyasi avval shartnoma qilingan, ammo puli toʻlanmagan 70 mingdan ortiq Cobalt avtomobilini qayta sotish uchun dilerlarga topshirishini bildirgan. Shunda shartnoma tasdiqlangan 100 ming dona mashinadan faqat 20 833 donasi uchun toʻlov amalga oshirilgan. Shartnoma shartlariga muvofiq, 7 kun ichida toʻlov amalga oshirilmagan shartnomalar bekor qilingan.

Kompaniya avtomobillarni dilerlar orqali sotish qarorini shartnoma tuzish jarayoni yakunlanganidan keyin kelib tushgan murojaatlar sonining koʻpligi bilan izohlagan.

"Onlayn-kontraktatsiya yakunlangandan soʻng, kompaniyaga koʻplab mijozlardan shartnoma tuzish boʻyicha murojaatlar kelib tushayotgani, shuningdek 3 noyabr kuni tuzilgan koʻplab shartnomalarning aslida avtomobilga boʻlgan haqiqiy ehtiyojsiz rasmiylashtirilgani inobatga olinib, UzAuto Motors toʻlov muddati tugagach Chevrolet Cobalt avtomobillarini rasmiy dilerlar salonlarida sotishni boshlashga qaror qildi", deyilgan xabarda.

Shuningdek, kompaniya endi mijozlar istalgan Chevrolet rasmiy dileridan Cobalt avtomobilini sotib olishi mumkinligini aytgan. Yaʼni onlayn savdo emas, offlayn oldi-sotdi boshlanadi.

Dilerlik markazlarida sotilayotgan barcha avtomobillar UzAuto Motors yagona tizimi orqali rasmiylashtiriladi. Har bir shartnomada uning haqiqiyligini tasdiqlovchi QR kod mavjud boʻladi.

Hozir kompaniya yangi Cobalt Style MCM modelini 156 mln 100 ming soʻm, Cobalt Midnight MCM mashinasini 165 mln 200 ming soʻm narxda sotmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid