Tramp demokratlarni isyonga urinishda aybladi
Ular AQSh harbiylariga noqonuniy buyruqlarga boʻysunmaslikni chaqirgan videoni eʼlon qilgan.

AQsh prezidenti Donald Tramp demokratlar tayyorlagan harbiylarga murojaat videosini “oʻlim bilan jazolanishi mumkin boʻlgan isyonkor xatti-harakat” deb atadi.
Bunday ayblovlarga ularning AQSh harbiylariga noqonuniy buyruqlarga boʻysunmaslikka chaqirgan video eʼlon qilgani sabab boʻlgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp olti nafar demokrat partiya vakilini davlatga qarshi qoʻzgʻolonchi xatti-harakatlarda aybladi, chunki ular AQSh harbiylariga noqonuniy buyruqlarga boʻysunmaslikni chaqirgan videoni eʼlon qilgan edi.
“Bu juda yomon va mamlakatimiz uchun xavfli. Ularning soʻzlariga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Xoinlardan isyonkorona harakat! Ularni qamang” - deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqda.
Harbiy yoki razvedka sohasida xizmat qilgan bu olti nafar qonunchi Trampning bayonotlarini xavfli deb atab, uning bayonotlarini saylangan amaldorlarga qarshi tahdidlar deb baholadi.
“Bizni hech qanday tahdid, qoʻrqitish yoki zoʻravonlikka chaqiriqlar muqaddas burchimizni bajarishdan toʻxtata olmaydi”, deyiladi ularning qoʻshma bayonotida.
Demokratlarning videosi, Michigan senatori Elissa Slotkin tomonidan tarqatilgan boʻlib, unda Arizona senatori Mark Kelli hamda Pensilvaniyadan Kris DeLuzio, Nyu-Gampshirdan Meggi Gudlander, Pensilvaniyadan Krissi Xoulaxan va Koloradodan Jeyson Krou ishtirok etdi.
Harbiy-dengiz flotida xizmat qilgan va sobiq astronavt boʻlgan senator Kelli: “Qonunlarimiz aniq. Siz noqonuniy buyruqlardan bosh tortishingiz mumkin” deya harbiylarga murojaat qildi. Qonunchilar videoda "Hech kim qonun yoki konstitutsiyaga zid buyruqlarni bajarishga majbur emas” - deydi.
Tramp esa "Truth Social"da bir qator postlar orqali vaziyatga oʻzining fikrini bildirdi. “Bu mamlakatning har bir xoini qamalishi va sud qilinishi kerak. Ularning soʻzlariga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi” - deb yozdi u bir postida.
Boshqa postida esa: “Isyonkorona xatti-harakat — oʻlim bilan jazolanadi!” deb yozdi. Tramp, shuningdek, “Jorj Vashington ularni osgan boʻlardi!” degan postni qayta ulashdi.
20 noyabrdagi matbuot anjumanida Oq uy matbuot kotibi Karolin Levitt Tramp Kongress aʼzolarini qatl etishga chaqirgan degan tanqidlarni rad etdi.
“Bu xonadagi koʻpchilik prezidentning reaksiyasi haqida gapirmoqchi, lekin prezidentni bunga nima majbur qilganini muhokama qilmayapti”, dedi u. U demokratlarni harbiy xizmatchilarni “qonuniy buyruqlarni” bajarmaslikka undaganlikda aybladi.
Levitt 20 noyabr kuni tushdan keyin Oq uy matbuot anjumanida Tramp Kongress aʼzolarini “qatl qilishni xohlaydimi” degan savolga tezda “yoʻq” deb javob berdi va OAV diqqatini oʻsha qonunchilarning oʻz fikrlariga qaratishi kerakligini aytdi. “Ular haqiqatan ham 1,3 million faol harbiy xizmatchiga buyruq zanjiriga boʻysunmaslikni, qonuniy buyruqlarga amal qilmaslikni aytishyapti”, dedi Leavitt matbuot anjumanida.
“Bu ehtimol qonun boʻyicha jazolanishi mumkin”, deb qoʻshimcha qildi u.