platina.uz
Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi sabab koʻchalarga suv sepildi

Bundan tashqari issiqxona xoʻjaliklarida reydlar oʻtkazish, qozonxonalarga filtrlar oʻrnatish kabi tadbirlar ham amalga oshirilgan. 

Toshkentda havo ifloslanishi sabab koʻchalarga suv sepildi

Toshkentda havo ifloslanishi sabab koʻchalarga suv sepildi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati jarayon tasvirlarini eʼlon qildi.

Xabarda aytilishicha "shahar muhitining yuqori changlanishi sharoitida eng tezkor samarali choralardan biri — yoʻl qoplamasi va unga yaqin hududlarni namlashdir. Bu usul ilmiy asosga ega boʻlib, dunyoning koʻplab yirik shaharlarida ifloslanish avj olgan davrlarda qoʻllaniladi.

Shu sababli, Toshkent shahar hokimligi va Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yoʻl qoplamasiga suv sepish va yashil hududlarni sugʻorish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, bu yilgi favvoralar mavsumi tugagan boʻlishiga qaramay, poytaxtdagi barcha favvoralar hamda mikroiqlim qurilmalari ishga tushirilmoqda".

Hokimlik xabarida taʼkidlanishicha, bu chang zarralarini kamaytiradi.

Havo ifloslanishining asosiy manbai — PM10 va PM2.5 oʻlchamdagi mayda chang zarralaridir. Yoʻl namlanganda ushbu mayda zarrachalar suv bilan aralashib, yerga choʻkadi va atmosferaga qayta koʻtarilib ketishining oldi olinadi.

Avtomobillar harakatlanayotganda yoʻl yuzasidagi quruq chang doim koʻtarib turadi. Namlangan yoʻl esa "ikkilamchi changlanish"ni sezilarli kamaytiradi. Xalqaro tadqiqotlarga koʻra, bu koʻrsatkich shahar PM chiqindilarining 25–40% ini tashkil qilishi mumkin.

Yoʻllarga suv sepish va yashil zonalarning sugʻorilishi haroratni pasaytiradi. Yuqori haroratda chang havoda uzoqroq vaqt saqlanib qoladi, ifloslantiruvchi moddalar kimyoviy reaksiyalari tezlashadi. Namlash esa bu jarayonni sekinlashtiradi va zarrachalarning tezroq choʻkishini taʼminlaydi.

Shu bilan bir qatorda:

-issiqxona xoʻjaliklarida reydlar oʻtkazish,

-qozonxonalarga filtrlar oʻrnatish,

-ekologik nazoratni kuchaytirish choralari koʻrilmoqda, deya maʼlum qilgan hokimlik.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi kunlarda Toshkent dunyoning havosi ifloslangan shaharlaridan bini boʻlib qolmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid