Sherzod Kudbiyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish qoʻmitasi raisi etib tayinlandi
Kadastr agentligi direktori sifatida ishlab kelgan Farrux Poʻlatov esa soliq qoʻmitasi raisi boʻldi.

Sherzod Kudbiyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Farrux Poʻlatov Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.