platina.uz
Jamiyat

Prezidentning davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish boʻyicha farmoyishi qabul qilindi

Undan koʻzlangan asosiy maqsad 2026 yilda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish va faoliyati samaradorligini oshirish etib belgilandi. 

Prezidentning davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish boʻyicha farmoyishi qabul qilindi

Davlat korxonalari faoliyati samaradorligi oshiriladi.

“Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoyishi (F–59-son, 18.11.2025 y.) qabul qilindi.

Farmoyishni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad 2026 yilda davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarda mahsulot tannarxini kamaytirish va faoliyati samaradorligini oshirish etib belgilandi.

Farmoyishga koʻra, davlat korxonalarida mahsulot tannarxini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi, jumladan:

- xarajatlarni har chorakda qayta tahlil qilish (spending review) orqali kelgusi davrdagi har bir yoʻnalish ustuvorligidan kelib chiqib, byudjetni toʻliq “noldan” qayta koʻrib chiqish;

- tejamkor ishlab chiqarish va meʼyorlash tamoyillarini joriy etish.

Shuningdek, davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tuziladi va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- davlat korxonalariga xarajatlarni maqbullashtirish va samaradorlikni oshirish boʻyicha dasturlar tayyorlashda metodologik yordam berish;

- toʻlov tizimini takomillashtirish orqali debitor va kreditor qarzdorliklarni kamaytirish.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid