platina.uz
Jamiyat

Euronews oʻzbek jurnalistlari malakasini oshirishga koʻmaklashadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov media xolding direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi.

Euronews oʻzbek jurnalistlari malakasini oshirishga koʻmaklashadi

Nufuzli Euronews Oʻzbekiston jurnalistlarining malakasini oshirishga koʻmaklashadi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Euronews media xoldingi direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David bilan uchrashuvda mazkur masalaga alohida eʼtibor qaratilgan.

Shuningdek, muzokarada Oʻzbekiston va Euronews oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish, mamlakatning ijobiy imijini jahon miqyosida ilgari surishga qaratilgan qoʻshma media loyihalarini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilingan.

“Birgalikdagi ishlarni faol davom ettirgan holda Oʻzbekistondagi jadal islohotlar, xalqaro tashabbuslar va yirik voqealarni jahon auditoriyasiga yanada samaraliroq yetkazish imkonini beradigan sheriklikning yangi yoʻnalishlarini belgilab olishga kelishib oldik”, deb yozgan Sherzod Asadov.

Maʼlumot uchun, Euronews dunyo boʻyicha axborot tarqatuvchi media maydon hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid