1C UZTELECOM: 30 kun davomida eng toʻliq PROFI tarifidan bepul foydalanish imkoniyati
PROFI tarifi murakkab va koʻp jarayonli korxonalar uchun moʻljallangan boʻlib, keng funsional imkoniyatlarga ega.

UZTELECOM korxonalar uchun 1C platformasidagi bulut xizmatlarini kengaytirishda davom etar ekan, mijozlarga 1C UZTELECOM servisining eng funsional — PROFI tarifini 30 kun davomida bepul sinab koʻrish imkoniyatini taqdim etmoqda. Ushbu taklif korxonalarga 1C asosidagi kengaytirilgan imkoniyatlarni real ish jarayonida baholash va avtomatlashtirish samaradorligini amalda koʻrish imkonini beradi.
Hozirda bulutda ikki asosiy dastur mavjud:
- 1C: Buxgalteriya
- 1C: Kompaniya boshqaruvi
PROFI tarifi ushbu ikki dasturdagi barcha kengaytirilgan funksiyalarga toʻliq kirish imkonini taʼminlaydi.
PROFI tarifining afzalliklari
PROFI tarifi murakkab va koʻp jarayonli korxonalar uchun moʻljallangan boʻlib, keng funsional imkoniyatlarga ega.
1C: Buxgalteriya PROFI
- Kengaytirilgan moliyaviy va soliq hisobi
- Ombor harakatlarini batafsil yuritish
- Kengaytirilgan avtomatik hisobotlar
- Sotib olish, sotish va toʻlov jarayonlarini kompleks boshqarish
1C: Kompaniya boshqaruvi PROFI
- Savdo jarayonlari, buyurtmalar va mijozlar bilan ishlash boʻyicha kengaytirilgan modullar
- Rejalashtirish, budjetlashtirish va xarajatlarni tahlil qilish
- Boshqaruv koʻrsatkichlari boʻyicha avtomatik tahliliy hisobotlar
- Boʻlimlararo jarayonlarni yagona boshqaruv tizimida boshqarish
PROFI tarifida hech qanday cheklovlar mavjud emas, shu bois korxona test davri davomida xizmatning maksimal funksiyalaridan foydalanadi.
Xizmatni ulash tartibi
PROFI tarifini bepul sinab koʻrishni boshlash uchun quyidagi amallar bajariladi:
1. 1c.uztelecom.uz saytiga kirish va onlayn ariza yuborish
Mijoz birinchi navbatda 1c.uztelecom.uz saytiga kiradi va onlayn ariza shaklini toʻldiradi. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
- Korxona nomi
- STIR
- Masʼul shaxsning F.I.O.
- Elektron pochta manzili
- Telefon raqami
2. Menejerning aloqaga chiqishi
UZTELECOM mutaxassisi mijoz bilan bogʻlanib, maʼlumotlarni tasdiqlaydi va qaysi dastur mos kelishini aniqlab beradi.
3. PROFI tarifini faollashtirish uchun taklif xati yuborilishi
Mijoz koʻrsatgan elektron pochta manziliga xizmatni faollashtirish uchun maxsus taklif xati yuboriladi. Xatda tizimga kirishni boshlash uchun tegishli havola boʻladi.
4. Login va parolning avtomatik shakllanishi
Mijoz havolani bosgandan soʻng, tizim avtomatik tarzda login va parol yaratadi. Ushbu maʼlumotlar shaxsiy kabinet va 1C tizimiga kirish uchun ishlatiladi. Mijoz ularni albatta saqlab qoʻyishi kerak.
- PROFI tarifini sinab koʻrish nima uchun muhim?
- Xizmatning barcha imkoniyatlaridan cheklovsiz foydalanish mumkin
- Korxona jarayonlarini real sharoitda avtomatlashtirilgan holatda sinab koʻrish imkoniyati yaratiladi
- Ish samaradorligi boʻyicha aniq xulosa chiqarish mumkin
- Qaror qabul qilishdan oldin xizmatning toʻliq afzalliklarini oʻrganib chiqish imkoni boʻladi
- Hech qanday majburiy toʻlovlarsiz 1C tizimining eng toʻliq funksiyalariga kirish taqdim etiladi
Test davri davomida korxona barcha modullar bilan amaliy ishlaydi va xizmatning samaradorligini oʻz faoliyatida sinab koʻradi.