Oʻzbekiston MTJ FIFA reytingida yuqoriladi
Tashkilot milliy jamoalarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.

Yangilangan FIFA reytingida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 4 pogʻona yuqorilab, 50-oʻrindan joy oldi.
Reytingni Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Kuchli beshlikni Argentina, Fransiya, Angliya va Braziliya yakunlab beradi.
Oʻzbekiston MTJ oxirgi ikki oʻyinda gʻalaba qozondi. Misrga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etilgan boʻlsa, Eronga qarshi dramatik finalda gʻolib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston sentabr va oktabr oylarida 54-pogʻonani egallagandi.