"Otalar soʻzi" koʻrsatuvi muallifi vafot etdi
Mirabbos Mirzaahmedov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi boʻlgan, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi edi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi Mirabbos Mirzaahmedov vafot etdi.
Mirabbos Mirzaahmedov uzoq yillar davomida "Otalar soʻzi – aqlning koʻzi" koʻrsatuviga mualliflik qilgan. Shuningdek, qator filmlarda ham faoliyat yuritgan.