platina.uz
Jamiyat

Jizzax viloyatida pulli avtoturargohlar tashkil etiladi

Xizmat avtomobillari hamda maxsus transportlar (shuningdek, nogironligi bor haydovchilarga tegishli ulovlar) uchun toʻlovlar undirilmaydi. 

Jizzax viloyatida pulli avtoturargohlar tashkil etiladi

Jizzaxda pulli toʻxtash joylarini takomillashtirish boʻyicha viloyat hokimi qarori eʼlon qilindi. Qaror 2025 yil 18 noyabr kuni qabul qilingan.

Qarorga koʻra, hokimliklar tasarrufidagi zaxira yer maydonlarida tashkil etiladigan pullik avtoturargohlar roʻyxati va narxlar tasdiqlandi.

Bunda, davlat tashkilotlarining xizmat avtomobillari hamda maxsus transport vositalari (shuningdek, nogironligi bor haydovchilarga tegishli transport vositalari) uchun toʻlovlar undirilmaydi. Bir mashina uchun toʻxtab turish narxi 5 ming soʻmni tashkil etadi. Tushgan pullar mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar hayoti, sogʻligi va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalarni keng joriy etish tadbirlariga yoʻnaltirish; mehnat qonunchiligiga muvofiq obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu avtoturargoh hududlarini muntazam ravishda tozalik ishlarini olib borilgani uchun ishchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga sarflanadi.

Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid