platina.uz
Sport

Jahon chempionatiga chiqqan jamoalar soni 42 taga yetdi

Karib havzasida joylashgan Kyurasao mamlakati termasi ilk bor mundialda oʻynaydi. Ushbu davlat hududi atigi 430 kv kmni tashkil etadi. 

Jahon chempionatiga chiqqan jamoalar soni 42 taga yetdi

2026 yilda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga hozirda kamida 42 ta davlat yoʻllanma oldi.

18 noyabr oqshomida Avstriya, Shveysariya, Ispaniya, Belgiya, Shotlandiya, Panama, Gaiti va Kyurasao kabi davlatlar oʻz oʻrinlarini band qilishdi.

Ispaniya Turkiya bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi, Shotlandiya 10 kishi boʻlib qolgan Daniyani 4:2 hisobida magʻlub etdi, Avstriya esa Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻz uyida 1:1 hisobida durang oʻynadi.

Kelgusi yilgi turnir uchun endi atigi oltita oʻrin qoldi.

JChga chiqqan terma jamoalar:

Mezbon davlatlar: Kanada, Meksika, Amerika Qoʻshma Shtatlari.

Osiyo: Avstraliya, Eron, Yaponiya, Iordaniya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Oʻzbekiston.

Afrika: Jazoir, Kabo-Verde, Misr, Gana, Fil Suyagi sohili, Marokash, Senegal, Janubiy Afrika, Tunis.

KONKAKAF: Kyurasao, Gaiti, Panama

Yevropa: Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, Shveysariya

Janubiy Amerika: Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Urugvay.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid