platina.uz
Jamiyat

Hukumatga daraxt kesish boʻyicha hujjat imzolash taqiqlandi

Daraxt bilan qoplangan aholi yer maydonlarini olib qoʻyish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga endi jamoatchilik tomonidan ham taqiq qoʻyish imkoni yaratiladi.

Hukumatga daraxt kesish boʻyicha hujjat imzolash taqiqlandi

Prezidentning bugungi farmoni bilan daraxt va butalarni kesish va koʻchirishni nazarda tutuvchi hukumat qaror, farmoyish, bayonnoma va yozma topshiriqlari, idoraviy hujjatlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlarini qabul qilishi qatʼiy taqiqlanadi.

Shuningdek, 2026 yil 1 apreldan boshlab, oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt bilan qoplangan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari) yer maydonlarini olib qoʻyish va boshqa maqsadlar uchun ajratishga jamoatchilik tomonidan taqiq qoʻyish boʻyicha tashabbus kiritish imkoni yaratiladi. Bunda mahalla aholisining 10 foizidan kam boʻlmagan qismi taqiq qoʻyishga rozilik bildirsa boʻldi.

Soliq mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslarga xarid summasining va respublika hududlari boʻylab ichki sayohatlarni amalga oshirganlik uchun xarajatlarning respublika byudjetidan qaytariladigan qismini ixtiyoriy ravishda daraxt koʻchatlarini ekishga yoʻnaltirishlari mumkin.

Davlat rahbarining bugungi farmoni bilan Ekologiya vazirligi hukumat tarkibidan chiqarilib, prezident boʻysinuvidagi qoʻmitaga aylantirildi. Ushbu qoʻmitaga Aziz Abduhakimov rais etib tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid