Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi eski ittifoq deyarli qulash arafasida
Pokiston Hindistonga qilingan har qanday iliqlikni dushmanona qadamlardan biri deb qabul qilib keladi. Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Muttaqiyning Hindistonga borishi "chegaradan chiqish" deb qabul qilindi.

"Tolibon" va Pokiston oʻrtasidagi eski ittifoqchilik qulash arafasida turibdi.
Afgʻon rasmiylari ikki davlat oʻrtasidagi keskinlik kuchayib borar ekan, oʻzlarining sobiq ittifoqchilari — Pokiston harbiylariga qarshi keskin bayonotlar bermoqda.
"Tolibon" tashqi ishlar vaziri Hindistonda boʻlib oʻtayotgan islomiy seminariyaga tashrif buyurdi. Ikkala davlat oʻrtasida munosabatlar biroz tarang edi, chunki Yangi Dehli ularni oʻzining ashaddiy dushmani Pokistonning qoʻli ostidagi vosita deb bilardi.
Oʻtgan oy Hindistonga qilgan ilk rasmiy safari davomida Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy juda iliq kutib olindi.
Yangi Dehli rasmiylari yillar ichida ilk bor Hindistonning Kobuldagi missiyasini toʻlaqonli elchixonaga aylantirishga kelishgach, ular bilan suratga tushishdi.
Tashrif Pokistonga nisbatan qarshilik xabari boʻlib tuyuldi. Chunki bir vaqtlar Pokiston armiyasi Afgʻonistondagi "Tolibon" qoʻzgʻolonining eng katta homiysi boʻlgan, ammo toliblar Kobulda hokimiyatga kelgach, ular oʻrtasida tobora koʻproq ziddiyatlar paydo boʻldi.
Yillar davomida Pokiston Hindistonga qilingan har qanday iliqlikni dushmanona qadamlardan biri deb qabul qilib keladi va Muttaqiyning Hindistonga borishini ular chegaradan chiqish deb qabul qilishdi.
Uning Hindistonga kelganidan bir necha soat oʻtmay, Pokiston harbiylari Afgʻoniston poytaxtiga havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu esa sobiq ittifoqchilar oʻrtasida oldin hech uchramagan keskinlik boʻlib, oʻzaro hujumlar toʻlqinini boshlab yubordi va ikki davlatni bir haftaga yaqin urush holatiga oʻxshash vaziyatga olib keldi.
Pokiston rasmiylari Afgʻoniston hukmdorlarini Pokistonda faollashgan "Tolibon" hujumchilarini qoʻllab-quvvatlashda, ularga koʻmak berish va joylashtirishda ayblamoqda. Ular Pokiston hududida xavfsizlik kuchlariga qarshi kurashmoqda.
Muttaqiy tashrif buyurganiga bir oydan oʻtdi, biroq Afgʻoniston va Pokiston hanuz bir-biridan norozi. Va oʻtgan hafta har ikki poytaxtda ketma-ket sodir boʻlgan portlashlardan keyin Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlik yanada kuchaydi.
Oʻtgan oygi nutqida Afgʻoniston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari janob Omari Pokistonni har qanday yangi harbiy harakatlardan ogohlantirdi. U hatto "Tolibon" ning AQSh harbiy kuchlariga qarshi asimmetrik gʻalabasini eslatib, navbat Pokistonga kelishi mumkinligi bilan ogohlantirdi.