platina.uz
Siyosat

Tojikistonning Oʻzbekistondagi elchisi oʻzgardi

Ushbu lavozimni Nasriddin Ismatullo egalladi. U Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. 

Tojikistonning Oʻzbekistondagi elchisi oʻzgardi

Tojikistonning Oʻzbekistondagi elchisi oʻzgardi.

Abdujabbor Rahmonzoda Tojikistonning Oʻzbekistondagi elchisi lavozimidan ozod qilindi.

Prezident Imomali Rahmonning farmoni bilan 2021 yil 4 maydan beri Tojikistonning Oʻzbekistondagi elchisi boʻlib ishlagan Abdujabbor Rahmonzoda lavozimidan ozod qilindi.

Uning oʻrniga ilgari Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan Nasriddin Ismatullo tayinlandi.

Oʻtgan hafta oxirida Tojikistonning AQShdagi elchisi lavozimidan ozod qilingan Farrux Hamralizoda tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangandi.

Hamralizoda 2020 yildan beri Tojikistonning AQShdagi elchisi boʻlib ishlagan.

Uning oʻrnini sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Zavqi Zavqizoda egalladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid