platina.uz
Jamiyat

Raqobat qoʻmitasi mobil aloqa qimmatlashuvini oʻrganishni boshladi

Operatorlar tomonidan raqobatga zid harakatlar aniqlansa, tekshiruv oʻtkaziladi. 

Raqobat qoʻmitasi mobil aloqa qimmatlashuvini oʻrganishni boshladi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan mobil aloqa operatorlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun narxlarni oshirilishi yuzasidan oʻrganishlar boshlandi.

Qoʻmita tomonidan mobil aloqa operatorlarini narxlarni oshirilishi asosliligini oʻrganish maqsadida joriy yil noyabr oyining boshida tegishli tartibda soʻrovlar yuborilgan.

Bugungi kunga qadar, xizmat sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish yuzasidan aloqa operatorlari tomonidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning narxlarga taʼsiri toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar koʻrib chiqilmoqda.

Oʻrganish natijalarida operatorlar tomonidan raqobatga zid harakatlar, xususan muvofiqlashtirilgan harakatlarning alomatlari aniqlangan taqdirda oʻrnatilgan tartibda tekshirish oʻtkaziladi.

Ushbu holatlar tasdiqlanganda amaldagi qonunchilikka muvofiq qatʼiy choralar koʻrilishi maʼlum qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid