Oʻzbekiston oʻsmirlari uchun jahon chempionati tugadi
Italiyaga qarshi oʻyinda yevropaliklar ancha kuchli oʻyin koʻrsatib, chorak finalga yoʻl oldi.

Qatardagi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati nimchorak finalida Oʻzbekiston terma jamoasi Italiyaga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchradi.
Italiya terma jamoasi nisbatan kuchliroq oʻynadi. 89-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Asilbek Aliyev qoʻpollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.
Italiyaliklar 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, chorak finalga yoʻl oldi.
FIFA U17, chorak final
Italiya - Oʻzbekiston 3:2
Gollar: Kompanello 19, 68, Idrisa 70 - Murodov 56, Erimbetov 90+4