Oʻzbekiston Al Ain Cup xalqaro turniri gʻolibiga aylandi
Asosiy vaqtda darvozalar ishgʻol etilmadi. Natijada penaltilar seriyasida Eron magʻlub etildi.

Al Ain Cup xalqaro oʻrtoqlik musobaqasi finalida Oʻzbekiston - Eron oʻyini boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvning asosiy va qoʻshib berilgan daqiqalarida hisob ochilmadi. Shuningdek, 68-daqiqada Abduqodir Husanov maydondan chetlatildi.
Penaltida seriyasida Oʻzbekiston foydasiga 4:3 hisobi qayd etildi.
Shu tariqa terma jamoamiz turnirda gʻolib boʻldi.