platina.uz
Biznes

Katta loyihalar uchun — barqaror va ishonchli bulutli infratuzilma, uy va ofis uchun — xavfsizlikni taʼminlovchi videokuzatuv tizimi

UZTELECOM Cloud bilan siz loyihalaringizni cheklovlarsiz kengaytirishingiz va maʼlumotlarni samarali boshqarishingiz mumkin.

Katta loyihalar uchun — barqaror va ishonchli bulutli infratuzilma, uy va ofis uchun — xavfsizlikni taʼminlovchi videokuzatuv tizimi

UZTELECOM sizga bir qadam oldinda boʻlish imkonini beradigan yechimlarni taklif qiladi: biznes uchun bulutli xizmatlar maʼlumotlarni ishonchli saqlash, loyihalarni cheksiz kengaytirish va dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 kirib ishlash imkonini beradi. Uy va ofis uchun videokuzatuv tizimi esa hududni kuzatish, mulkni himoya qilish va butun oila yoki xodimlar uchun xavfsizlikni kafolatlaydi.

UZTELECOM Cloud

Texnik cheklovlar sizning biznesingizni toʻxtatmasin. UZTELECOM Cloud bilan siz loyihalaringizni cheklovlarsiz kengaytirishingiz va maʼlumotlarni samarali boshqarishingiz mumkin. Endi diqqatni infratuzilma emas, balki gʻoya va natijalarga qaratish vaqti keldi.

  • Cheksiz kengayish — limitlarni unutib, loyihalar oʻsishi bilan saqlash hajmi va hisoblash quvvatini oshiring.
  • Maʼlumotlarni ishonchli zaxiralash imkoni — maʼlumotlaringiz doim xavfsiz, tiklash esa bir necha daqiqada.
  • 24/7 kirish imkoniyati — loyihalarni dunyoning istalgan nuqtasidan, har qanday qurilmadan boshqaring.
  • Yuqori ishonchlilikka ega virtual serverlar — hech qanday toʻxtashlarsiz, faqat barqaror ishlash imkoni.
  • S3 saqlash xizmati
  • Managed Kubernetes va CI/CD — ilovalarni murakkabliksiz ishga tushiring va kengaytiring.
  • GitHub, GitLab, Docker integratsiyalari — ish jarayonini toʻliq nazorat qiling.
  • Tayyor yechimlar marketpleysi — yangi loyihalarni tez ishga tushiring, vaqt va resurslarni tejang.

Cheksiz imkoniyatlarni bepul sinab koʻring : cloud.uztelecom.uz

Videokuzatuv — uy va ofis ustidan toʻliq nazorat

Agar bulutli infratuzilma biznesingizga cheklovlarsiz ishlashga yordam bersa, UZTELECOM videokuzatuv tizimi uy, ofis yoki hududingiz uchun tinchlik va xavfsizlikni taʼminlaydi. Yechim jismoniy va yuridik shaxslarga mos boʻlib, soddalik va ishonchlilikni birlashtiradi.

  • Smartfon, planshet yoki kompyuter orqali onlayn kirish — hududni istalgan vaqtda kuzating.
  • Avtomobil raqamlarini aniqlash — hududga kim kirayotganini darhol bilib oling.
  • Kamera shikastlanishi va noqonuniy kirishlar haqida ogohlantirishlar
  • Tutun va olovni aniqlash — xavf paydo boʻlmasidan oldin yongʻin haqida ogohlaning.
  • Mehmonlarning yuzini aniqlash — obʼektga kirishni nazorat qilish imkoni.
  • Katta shovqin va shubhali faoliyat haqida signal — darhol telefoningizga bildirishnoma qabul qiling.
  • 24/7 harakatni qayd etish va video arxiv — hammasi nazorat ostida, hammasi qoʻlingiz ostida.

Ulanish oson va tez: 1155 raqamiga qoʻngʻiroq qiling yoki videokuzatuv.utc.uz saytiga oʻting va uy hamda ofisingizni bugunoq himoyangizga oling!

UZTELECOM – doimo Sizga yaqin boʻlgan operator!

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid