JCh chiptalarini sotib olgan muxlislarning viza suhbatlari tezlashtiriladi
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio maʼmuriyat viza berishda yordam uchun butun dunyo boʻylab 400 dan ortiq qoʻshimcha konsullik xodimlarini yuborganini bildirdi.

Tramp maʼmuriyati FIFA Pass dasturini joriy etmoqda, bu futbol muxlislariga AQSh viza arizalarini koʻrib chiqishni tezlashtirishga yordam beradi. Bu haqda NBC telekanali xabar berdi.
FIFA Pass dasturi FIFA orqali Jahon chempionati chiptalarini sotib olganlarga suhbatlarini tezlashtirish va AQSh sayyohlik vizasini olish imkonini beradi.
"Agar sizda Jahon chempionati chiptasi boʻlsa, vizani ustuvorlik asosida buyurtma qilishingiz mumkin", dedi dushanba kuni Oval kabinetda Tramp bilan yangi tizimni tushuntirish uchun uchrashgan FIFA prezidenti Janni Infantino.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio maʼmuriyat viza berishda yordam berish uchun butun dunyo boʻylab 400 dan ortiq qoʻshimcha konsullik xodimlarini yuborganini va dunyo mamlakatlarining taxminan 80% fuqarolari 60 kun ichida vizalarni buyurtma qila olishlarini aytdi.
Kelasi yilgi Kanada, Meksika va Qoʻshma Shtatlarda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati davomida jami 104 ta oʻyin boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston ham ishtirok etadi.
Tramp Jahon chempionatini oʻtkazishni oʻzining ustuvor vazifasi qilib belgilagan.
Ilgari 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati uchun allaqachon milliondan ortiq chiptalar sotilgani haqida xabar berilgan.