Cloudflare xizmatida global uzilishlar kuzatildi
Foydalanuvchilar Spotify va Yandex Music musiqa striming xizmatlari, X ijtimoiy tarmogʻi, Amazon va ChatGPT boʻyicha muammolarga duch keldi.

Cloudflare xizmatida global uzilish tufayli X, ChatGPT va Spotify ishlamay qoldi. Bu haqda Downdetector xabar berdi.
Xabarlarga koʻra, eng yirik hosting provayderlaridan biri boʻlgan Cloudflare uzilishlarga duch keldi. Foydalanuvchilar Spotify va Yandex Music musiqa striming xizmatlari, X ijtimoiy tarmogʻi, Amazon veb-resurslari va Open AI'ning sunʼiy intellekt xizmatlari, shu jumladan, ChatGPT bilan bogʻliq muammolar haqida xabar berishgan.

Uzilishdan biroz oldin, Cloudflare barcha veb-trafikning taxminan 20 foizini boshqaradigan kompaniya Santyagodagi maʼlumotlar markazida rejali texnik ishlar amalga oshirishi haqida ogohlantirgan.
Foydalanuvchilarning shikoyatlaridan soʻng, Cloudflare bu muammodan xabardor ekanligini va texnik muammolarni hal qilish ustida ishlayotganini maʼlum qildi.
20 oktabr kuni esa Amazon Web Services katta uzilishlarga duch kelgandi. Natijada Duolingo, Zoom kabi xizmatlar ishlamay qolgan.