platina.uz
Jamiyat

YaTTlarga firma nomiga ega boʻlishga ruxsat beriladi

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari buzilgani uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllanilganda, ularning mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi. 

YaTTlarga firma nomiga ega boʻlishga ruxsat beriladi

2026 yildan YaTTlarga firma nomiga ega boʻlishga ruxsat beriladi.

Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–214-son, 14.11.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad etib tadbirkorlarning maʼmuriy xarajatlarini 90 mlrd soʻmgacha qisqartirish, davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik jarayonlarida 15 kungacha vaqtini tejash belgilandi.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:

- elektron raqamli imzo kalitini berish;

- bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;

- ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;

- koʻchmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;

- QQS toʻlovchisi guvohnomasini olish;

- onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish;

- yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida hisobga qoʻyish.

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:

- tadbirkor har bir xizmatdan oʻz tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;

- tanlangan xizmatlar boʻyicha yagona QR kod orqali toʻlovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

2026 yil 1 yanvardan:

▪️ YaTTlarga firma nomiga ega boʻlishga ruxsat beriladi;

▪️tadbirkorlarning birlamchi maʼlumotlari oʻzgarganda ushbu maʼlumotlar boʻyicha oʻzgartirishlar YaTT guvohnomasiga, litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda bepul kiritiladi.

2026 yil 1 martdan:

- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllanilganda, ularning mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi;

- “Litsenziya” axborot tizimida litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda quyidagilarni nazarda tutuvchi ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid