platina.uz
Jamiyat

Soliq tizimining oʻnlab mansabdorlari ogohlantirildi

Bu haqda rais Sherzod Kudbiyevning buyrugʻi eʼlon qilindi. Buyruqda 20 nafardan oshiq rahbar va boʻlim boshligʻiga hayfsan berish koʻzda tutilgan. 

Soliq tizimining oʻnlab mansabdorlari ogohlantirildi

Soliq tizimining oʻnlab mansabdorlari ogohlantirildi. Ayrimlari esa hayfsan oldi. Bu haqda qoʻmita raisi Sherzod Kudbiyevning 2025 yil 11 noyabrdagi buyrugʻida keltirilgan.

Buyruqda aytilishicha, viloyat soliq boshqarmalarining oʻndan oshiq birinchi oʻrinbosari byudjet tushumi rejasi ortiqcha toʻlovlar hisobiga bajarilgani uchun rasman ogohlantirilgan. Ular orasida Asrorbek Mirzayev (Andijon), Suxrob Fayziyev (Buxoro), Kamol Irgashev (Jizzax), Zafar Ibragimov (Qashqadaryo), Valijon Rajabov (Navoiy), Akmaljon Tursunov (Namangan), Baxromjon Xamedov (Samarqand), Xusniddin Poʻlatov (Surxondaryo), Dilshod Begmuratov (Sirdaryo), Jaxongir Mirpulatov (Toshkent shahri), Rajamat Tursunboyev (Toshkent viloyati), Anvarjon Botiraliyev (Fargʻona), Jasurbek Niyazov (Xorazm) va Imamatdin Orazbayev (Qoraqalpogʻiston) bor. Ularga kelgusida ushbu xato takrorlansa, intizomiy jazo qoʻllanishi haqida ogohlantirish berilgan.

Oktabr oyida oʻtkazilgan test sinovlarida xodimlar ishtiroki taʼminlanmagani sababli 9 nafar kadrlar boʻlimi rahbarlariga ham ogohlantirish berilgan. Ular qatoriga Xushnudbek Abduraximov (Andijon), Habibullo Abidov (Buxoro), Abdulla Yusupov (Jizzax), Shavkat Kurbonov (Qashqadaryo), Olimjon Iskandarov (Samarqand), Akbar Yaxshiboyev (Surxondaryo), Jamshid Axmedov (Toshkent viloyati), Mirodiljon Akbarov (Fargʻona) va Sardorbek Xayitboyev (Xorazm) kiradi.

Buyruqda 20 nafardan oshiq rahbar va boʻlim boshligʻiga hayfsan jazosini qoʻllash belgilangan. Ular orasida Tovarlarni markirovkalash nazorati boshqarmasi boshligʻi Ruslan Absalyamov, Andijon viloyatidagi Ashurov Botir va Abduvoxid Qodirov, Asaka tumani inspeksiyasi rahbari Ilhomjon Raximov, Buxoro shahar inspeksiyasi boshligʻi Anvar Gʻafurov, Qashqadaryodan Shuhrat Omonov, Navoiydan Shuxrat Ibrohimov, Norin tumani inspeksiyasi boshligʻi Ikramjon Sarimsakov, Samarqand viloyatidagi Azim Axmedov, Ali Axtamov, Firdavs Nizomov hamda bir nechta tuman inspeksiyalari rahbarlari — Zafar Sindorov (Tayloq), Maxmud Ruzimamatov (Oqdaryo), Oybek Usmonov (Ishtixon), Murodali Otamurodov (Kattaqoʻrgʻon), Azamat Januzakov (Qoʻshrabot), Nurbek Razzakov (Pastdargʻom), Akmaljon Gʻiyasov (Paxtachi), Madaminbek Erkinov (Nurobod) bor. Termiz tumani inspeksiyasi rahbari Raxmatilla Sattarov, Shoʻrchi tumani soliq rahbari Shaymardon Zokirov, Sirdaryo viloyatidan Olimjon Xodjakulov va Yirik soliq toʻlovchilar inspeksiyasi boʻlimi boshligʻi Abdurasul Xolmurodovga ham hayfsan berilgan.

Shuningdek, “Avtokameral” AT boʻyicha 18 sentabrdagi topshiriq toʻliq bajarilmagani uchun Soliq nazorati departamenti rahbari Botir Mukimov, shuningdek, Qamashi tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi Sarvar Ochilov soliq hisobotlarini tekshirmasdan qabul qilgani sababli ogohlantirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid