Oʻzbekiston va Turkmaniston tibbiyot boʻyicha hamkorlik bitimini imzoladi
Qishloq xoʻjaligi, adliya, madaniyat sohasida ham kelishuvlar tuzildi. Oʻzbekiston – Turkmaniston ekspertlar kengashi yoʻlga qoʻyiladi.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qoʻshma bayonot imzoladilar.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi:
– Oʻzbekiston – Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi faoliyati toʻgʻrisidagi shartnoma;
– Sogʻliqni saqlash va tibbiyot fani sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
– Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitim;
– Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnoma;
– Xalqaro avtomobilda yoʻlovchi va yuk tashish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi bayonnoma;
– Adliya vazirliklari oʻrtasida 2026-2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Madaniyat sohasida 2026-2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Neft mahsulotlari va suyuq kimyoviy yuklarni tashish uchun temir yoʻl vagonlarini yetkazib berish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum;
– Biologik xavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar instituti oʻrtasida Oʻzbekiston – Turkmaniston ekspertlar kengashini tuzish toʻgʻrisidagi memorandum;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Turkmaniston Davlat, huquq va demokratiya instituti oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum;
– Oʻrmon xoʻjaligi sohasida 2026-2030 yillarga moʻljallangan hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
– Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan Lebap viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan Axal viloyati hokimligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan Toshhovuz viloyati hokimligi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar.
Avvalroq davlat rahbarlari “Shovot-Toshhovuz” qoʻshma chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirish marosimida ishtirok etgandilar.