platina.uz
Siyosat

Ozarbayjon Markaziy Osiyo maslahat uchrashuvlari formatiga qabul qilinadi

Shavkat Mirziyoyev bu borada ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini eʼlon qildi. 

Ozarbayjon Markaziy Osiyo maslahat uchrashuvlari formatiga qabul qilinadi

Ozarbayjon Markaziy Osiyo maslahatlashuvlari formatiga qabul qilinadi.

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oʻz ishini boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq soʻzlar ekan, Ozarbayjon Respublikasini Maslahat uchrashuvlari formatiga toʻla huquqli aʼzo sifatida qabul qilish toʻgʻrisida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini eʼlon qildi.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, ushbu strategik qadam umumiy tarix, qardoshlik rishtalari, maʼnaviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bogʻlangan xalqlarimiz manfaatlariga toʻliq javob beradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid