platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti ushlandi

U MChJ rahbaridan qurilish boʻyicha kamomad ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 8400 AQSh dollari talab qilgan. 

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” bosh yuriskonsulti ushlandi

Toshkent viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” DM bosh yuriskonsulti pora bilan ushlandi.

2024 yilning dekabr oyida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi boʻyicha prokuratura tomonidan qurilishga oid tekshiruv ishlari olib borilgan. Unda 176 mln soʻmlik kamomad aniqlanadi va qurilishni amalga oshirgan MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hujjatli taftish tekshiruvi tayinlanadi.

Bundan boxabar boʻlgan, Toshkent viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi bosh yuriskonsulti oʻzining mansabdor tanishlari orqali taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga MChJ rahbaridan 8400 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda bosh yuristkonsult kelishilgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

AvvalroqhDXX tomonidan soliq xodimlari va MIB ijrochisi ushlangandi.

Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi bosh inspektori MChJ qarzdorligini kamaytirib berish evaziga pora soʻragan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid