platina.uz
Jahon

IELTS texnik nosozlik sabab minglab natijalar xato eʼlon qilinganini bildirdi

2023 yil avgustidan beri olingan baʼzi natijalar notoʻgʻri boʻlgan. Koʻpchilik imtihon topshiruvchilarda yuqoriroq ball qayd etilgan. 

IELTS texnik nosozlik sabab minglab natijalar xato eʼlon qilinganini bildirdi

IELTS texnik nosozlik sabab minglab natijalarni qayta koʻrikdan oʻtkazdi.

IELTS test-topshiruvchilariga butun dunyo boʻylab xabar berildi: 2023 yil avgustidan beri olingan baʼzi natijalar notoʻgʻri boʻlgan va hozir yangilangan ballar eʼlon qilindi.

Notoʻgʻri test natijalari IELTS Academic va General Training testlarining ayrim tinglab tushunish (Listening) va oʻqib tushunish (Reading) boʻlimlarida yuzaga kelgan “texnik nosozlik” bilan bogʻliq. Koʻpchilikda ballar oshirilgan, baʼzilarniki esa pasaytirilgan. Aksariyat test-topshiruvchilarda boʻlimlar boʻyicha ballar oʻzgargan, ayrimlarida hatto 0,5 band farq ham boʻlgan.

“IELTS yaqinda 2023 yil avgustidan 2025 yil sentabriga qadar boʻlgan davrda ayrim test-topshiruvchilarning natijalari notoʻgʻri ekanligi aniqladi,” — deyiladi tashkilot bayonotida.

Tashkilot taʼkidlashicha, yiliga millionlab IELTS testlarining sifatini taʼminlash uchun ular “qatʼiy sifat nazorati tartiblariga” ega va bu kabi holat takrorlanmasligi uchun “barcha zarur choralar koʻrilgan”.

IELTS — IDP, Cambridge University Press va British Councilʼga tegishli — ushbu masala boʻyicha maxsus yordam sahifasini ishga tushirdi. Unda tez-tez soʻraladigan savollar, yangilangan ballarni qanday olish mumkinligi hamda nomzodlar va tashkilotlar uchun keyingi qadamlar boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.

Natijasi oʻzgargan test-topshiruvchilarga pulni qaytarish va bepul qayta topshirish imkoniyati berilishi aytib oʻtildi.

Gudin shundan xavotir bildirdiki, dastlab past ball olgan baʼzi test-topshiruvchilar “oʻqish yoki ish boʻyicha hayotlarini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan imkoniyatlarni qoʻldan boy bergan boʻlishi” mumkin.

Janubiy Koreyadagi Test Resources kompaniyasi egasi Maykl Gudinning aytishicha, texnik nosozlik ayrim nomzodlarning immigratsiya yoki yashash talablariga javob berishiga toʻsqinlik qilgan boʻlishi mumkin. “Bu odamlarning baʼzilari uchun endi juda kech boʻlishi mumkin. Ularga achinaman,” — dedi u.

U, shuningdek, ballari yuqoriroq koʻrsatkichga “notoʻgʻri ravishda oshirib yuborilgan” nomzodlar akademik muhitda qiynalib qolgan boʻlishi mumkinligidan ham xavotirda.

“Test tashkilotlari xato qilsa, oqibatlari juda keng koʻlamli va chuqur boʻlishi mumkin,” deya qoʻshimcha qildi Gudayn.

IELTS bu muammoni “ichki masala” deb taʼrifladi va sabablar yuzasidan toʻliq tekshiruv oʻtkazilganini, “hozirgi yoki kelajakdagi nomzodlar bunga duch kelmasligi, hamda taʼsir koʻrganlarga nisbatan muammo bartaraf etilishi”ni taʼminlash uchun barcha choralar koʻrilganini bildirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid