platina.uz
Sport

FIFA U-17: oʻsmirlarimiz nimchorak finalga chiqdi

Ular Xorvatiyani penaltilar seriyasida magʻlub etdi. Nimchorak finalning boshqa juftliklari ham maʼlum boʻldi.

FIFA U-17: oʻsmirlarimiz nimchorak finalga chiqdi

Qatarda davom etayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1/32 finalida Oʻzbekiston terma jamoasi Xorvatiyani magʻlub etdi.

Oʻyinning 24-daqiqasida Hasanov bosh bilan gol urib hisobni ochdi. Oʻyin tugashiga 10 daqiqa qolganida Xorvatiya hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻldi. Unda Oʻzbekistonga omad kulib boqdi.

Italiya esa Chexiyani 2:0 hisobida yutdi. Nimchorak finalda Oʻzbekiston va Italiya juftligi maydonga tushadi.

FIFA U-17, 1/32 final

Xorvatiya - Oʻzbekiston 1:1
Gollar: Kusanovich 80 - Hasanov 24
Penaltilar seriyasi: 3:4

Nimchorak final juftliklari

  • Braziliya - Fransiya
  • Shveysariya - Irlandiya
  • Marokash - Mali
  • Meksika - Portugaliya
  • Uganda - Burkina-Faso
  • KXDR - Yaponiya
  • Italiya - Oʻzbekiston
  • Avstriya - Angliya

Oʻyinlar 18 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid