platina.uz
Siyosat

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi oʻtkaziladi

Tadbir kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, ustuvor sohalarda qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari oʻrin olgan.

Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi oʻtkaziladi

15-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, shuningdek, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ustuvor sohalarda qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari oʻrin olgan. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Maslahat uchrashuvi yakunlariga koʻra koʻp tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilinishi kutilmoqda.

Mintaqa davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini oʻtkazish tashabbusi Oʻzbekiston yetakchisi tomonidan 2017 yilning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Oʻzbekistonning ushbu formatdagi raisligi davrida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi 20 dan ortiq yirik tadbirlar oʻtkazildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid