Oʻzbekiston xalqaro oʻrtoqlik turnirini gʻalaba bilan boshladi
Oston Oʻrunovning birinchi taymdagi gollari Misrga qarshi oʻyinda hal qiluvchi boʻldi.

Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Misrga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi.
Uchrashuvda vakillarimiz ishonchli gʻalabaga erishdi. Gollar birinchi boʻlimda kiritildi.
Oston Oʻrunovning 4 va 44-daqiqada kiritgan gollari Oʻzbekistonga gʻalaba keltirdi.
Endi milliy terma jamoamiz 18 noyabr kuni soat 21:00 da Eronga qarshi final oʻyinida maydonga tushadi.
Al Ayn xalqaro kubogi - 2025.
Oʻzbekiston - Misr 2:0
Gol: Oston Oʻrunov (4, 44).