Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida suhbat oʻtkazdilar
Unda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ertaga oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Davlat rahbarlari “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida suhbat oʻtkazdilar.

Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15 noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Sammit doirasida yirik qoʻshma loyihalar ishga tushirilishi va ikki tomonlama hujjatlarning katta toʻplami imzolanishi kutilmoqda.