platina.uz
Jahon

Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasi Rossiya raketasi zarbasiga uchradi

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi. Rossiyaning tungi hujumida 4 kishi halok boʻlgan. 

Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasi Rossiya raketasi zarbasiga uchradi

Rossiya raketasi boʻlaklari Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga quladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Kiyevga tungi hujumi paytida Ozarbayjon elchixonasi binosiga "Iskander" raketasining parchalari kelib tushganini yozdi.

"Kechadan beri bizning favqulodda xizmatlarimiz Rossiya hujumlari sodir boʻlgan joylarda ishlamoqda. Hozirda oʻnlab odamlar, jumladan, bolalar va homilador ayol jarohat olgani maʼlum. Afsuski, toʻrt kishi halok boʻldi. Ularning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman"dedi Zelenskiy.

" Bu odamlar va fuqarolik infratuzilmasiga maksimal darajada zarar yetkazish uchun moʻljallangan qasddan qilingan hujum edi. Faqat Kiyevda oʻnlab turar-joy binolari shikastlangan. Ozarbayjon elchixonasi "Iskander" raketasining parchalari bilan urib tushirilgan.

Zarbaning asosiy nishoni Kiyev boʻlib, Kiyev, Xarkov va Odessa viloyatlariga ham zarbalar berilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ruslar bugun ertalab Sumi viloyatida Tsirkon raketasidan foydalanganlar. Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko allaqachon qutqaruv operatsiyalarining borishi haqida xabar bergan. Xalqimizga yordam berayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Havo kuchlari qoʻmondoni Anatoliy Krivonojko ham havo mudofaasi operatsiyalarimiz natijalari haqida xabar berdi. Askarlarimizga samarali harakatlari uchun minnatdorchilik bildiraman", deyiladi bayonotda.

Hujumda taxminan 430 ta dron va 18 ta raketa, jumladan, ballistik va aeroballistik raketalar ishlatilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil yozda Rossiya va Ozarbayjon munosabatlari keskinlashgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid