platina.uz
Iqtisod

Click kompaniyasi qariyb 187 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi

Foydadan 36 milliard soʻm dividendlar toʻlash uchun ajratilgan.  

Click kompaniyasi qariyb 187 mlrd soʻm sof foyda koʻrdi
Foto: Pinkod.uz

Click kompaniyasi qariyb 187 mlrd soʻm sof foyda koʻrgani maʼlum boʻldi.

14 noyabr kuni Click AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kompaniyaning taqsimlanmagan sof foydasidan dividend toʻlash masalalari muhokama qilindi.

Yigʻilishda Jamiyatning Hisob komissiyasi uch kishidan iborat tarkibda tasdiqlandi:

  • Bulax Aleksey Sergeyevich,

  • Massino Yevgeniya Valerevna,

  • Fayziyev Rustam Murodjonovich.

Mazkur shaxslar orasida Rustam Fayziyev Click’ning hamtaʼsischilaridan biri hisoblanadi.

Click — Oʻzbekistondagi eng yirik toʻlov tashkilotlaridan biri hisoblanib, unga 2011 yilda uch nafar hamkor — maktabdoshlar Ulugʻbek Rustamov, Rustam Fayziyev hamda ularning bank sohasidagi tanishi Baxodir Abdukadirov tomonidan asos solingan.

Yigʻilish yakuniga koʻra, Click’ning 186 milliard 625 million 463 ming soʻm miqdoridagi taqsimlanmagan sof foydasi boʻyicha qarorlar qabul qilindi. Unga koʻra, 36 milliard soʻm dividendlar toʻlash uchun ajratildi, qolgan 150 milliard 625 million 463 ming soʻm esa tegishli keyingi qarorgacha taqsimlanmagan holda qoldirildi.

Aksiyadorlarga toʻlanadigan dividend miqdori har bir joylashtirilgan aksiya uchun 1 800 soʻm etib belgilandi. Dividendlar pul shaklida, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi yoki investitsiya vositachisi orqali, amaldagi qonunchilik talablari asosida toʻlanadi. Dividend toʻlash 2025 yil 14 noyabrdan boshlanadi va 60 kun davom etib, 2026 yil 12 yanvarda yakunlanadi.

Avvalroq Click va Qozogʻistonning yirik banki Halyk banki oʻrtasida kelishuv imzolangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid