platina.uz
Iqtisod

Voyaga yetmagan shaxslarga bank kartalari ochishga ruxsat berildi

Yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni korporativ bank kartalari orqali toʻlash imkoniyati yaratildi. 

Voyaga yetmagan shaxslarga bank kartalari ochishga ruxsat berildi

Endi voyaga yetmagan shaxslar ham mustaqil karta ochishlari mumkin boʻladi.

Bank kartalari boʻyicha yangi tartiblar belgilandi.

Adliya vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisida"gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruqni (roʻyxat raqami: 3294-3, 11.11.2025 y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Ushbu hujjat bilan foydalanuvchi subʼektlarga koʻra bank kartalarining turlari kengaytirildi. Xususan:

Biznes bank kartasi – yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga oʻz hisobvaragʻidagi mablagʻlarni boshqarish imkonini beradi.

Ijtimoiy bank kartasi – ijtimoiy va boshqa toʻlovlardan tushgan mablagʻlarni boshqarish uchun moʻljallangan.

Shuningdek, oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini chiqarish va ularni mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiyalagan holda aktivlashtirish tartibi belgilandi.

Endilikda 14 – 18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar oʻzlari mustaqil, 14 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini ochishlari mumkin boʻladi.

Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni korporativ bank kartalari orqali toʻlash imkoniyati yaratildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid