platina.uz
Jamiyat

Toshkent havosini ifloslantirgan issiqxonalar jarimaga tortildi

4869 obʼekt, jumladan, 595 tasi issiqxona xoʻjaliklari, 2265 ta ijtimoiy soha obʼekti hamda 1998 sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari oʻrganilgan.

Toshkent havosini ifloslantirgan issiqxonalar jarimaga tortildi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan 106 xoʻjalik faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan, 58 issiqxona xoʻjaligiga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

Xususan, Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari 300 dan ortiq mutaxassislardan iborat ishchi guruhlar tashkil etgan. Ular poytaxt hududidagi issiqxona xoʻjaliklari, sanoat korxonalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodlari va boshqa yirik ishlab chiqaruvchi hamda ijtimoiy soha obʼektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazgan.

Nazorat tadbirlari natijasida 4869 obʼekt, jumladan, 595 tasi issiqxona xoʻjaliklari (Toshkent viloyatida 381 ta, Toshkent shahrida 214 ta), 2265 ta ijtimoiy soha obʼekti hamda 1998 sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari oʻrganilgan.

Oʻrganishlar davomida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilmagan holatlar aniqlangan. Xususan, ayrim xoʻjaliklarda zararli kimyoviy, fizik va biologik taʼsir koʻrsatuvchi moddalar havoga chiqarilgan. Aniqlangan har bir qonunbuzilish holati boʻyicha keskin choralar koʻrildi, ularning oldini olish hamda kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, 387 holat boʻyicha ekologik talablariga muvofiqlashtirish hamda plyonka, avtoshina va oʻsimlik qoldiqlarini yoqilgʻi sifatida foydalanmaslik yuzasidan rasmiy ogohlantirish xatlari yuborilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid