platina.uz
Jamiyat

Suv hisoblagichlar boʻyicha taqiq: rasmiy tushuntirish berildi

“Novator” va “Eko Nom” kabi suv hisoblagichlarini oʻrnatish taqiqlangani maʼlum boʻlgandi. Ushbu cheklov avval oʻrnatilgan qurilmalarga taalluqli emas. 

Suv hisoblagichlar boʻyicha taqiq: rasmiy tushuntirish berildi

“Novator” va “Eko Nom” kabi suv hisoblagichlari modellari uchun muvofiqlik sertifikatlari muddati tugaganligi sababli, endilikda mazkur hisoblagichlarni sotib olish, oʻrnatish va ulardan foydalanish taqiqlandi.

Biroq bu, ilgari oʻrnatilgan va plombalangan hisoblagichlardan foydalanishni taqiqlamaydi. "Oʻzsuvtaʼminot" bu haqda maʼlumot berdi.

Sababi bunday hisoblagichlar sertifikatlari amal qiladigan davrida oʻrnatilgan va ularning xizmat muddatlari ham inobatga olingan.

Abonentlar bunday turdagi hisoblagichlarini almashtirishlari shart emas, agar u avval belgilangan tartibda oʻrnatilgan va plombalangan boʻlsa.
Bunday holatlarda hech qanday jarima yoki qayta hisob-kitob qoʻllanilmaydi.

Mazkur maʼlumot faqat axborot berish maqsadida eʼlon qilindi. Yaʼni, abonentlar soxta yoki sertifikatsiz yangi hisoblagichlarni xarid qilmasliklari uchun ogohlantirilmoqda

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ isteʼmolchilarga yangi suv hisoblagichlarini xarid qilishda amal qiluvchi muvofiqlik sertifikati va davlat qiyoslov belgisining mavjudligiga eʼtibor berishni tavsiya qilgan.

Avvalroq “EKO NOM” va “Novator” suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlangani xabar berilgandi. Ularga berilgan sertifikat muddati tugagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid