platina.uz
Siyosat

Qozogʻiston prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi

Oliy darajadagi muzokaralar hamda yetakchilar raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi oʻtkaziladi. 

Qozogʻiston prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev 14-16 noyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Kun tartibidagi asosiy mavzu – savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi, suv resurslari, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.

Mintaqaviy va global siyosatning dolzarb masalalari, koʻp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.

Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va qator qoʻshma loyihalarni ishga tushirish, Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid