platina.uz
Jamiyat

Pulli tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi belgilandi

Mijoz tibbiyot muassasasiga tegishli yoʻllanmasiz, oʻz ixtiyori bilan murojaat qilganda, unga belgilangan tartibda pulli asosda xizmat koʻrsatiladi.

Pulli tibbiy xizmat koʻrsatish tartibi belgilandi

Tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (718-son, 11.11.2025 y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yoʻllanmasiz, oʻz ixtiyori bilan murojaat qilganda, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda koʻrsatiladi.

Davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlardan tashqari xizmatlar qoʻshimcha hisoblanadi va pulli asosda koʻrsatiladi.

Mijoz tibbiyot muassasalarining roʻyxatga olish boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi va roʻyxatga olinadi.

Har bir mijozning tibbiy kartasiga uning shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlari asosida pulli xizmat koʻrsatilishi belgilanadi.

Mijozlar tibbiyot muassasasiga toʻlovni oldindan toʻliq toʻlash shartlarida qabul qilinadi.

Tibbiyot muassasalariga kelgan shaxslar tasdiqlangan narxnoma boʻyicha haq toʻlagandan soʻng maslahat olish uchun mutaxassis shifokorga va (yoki) instrumental-laborator tashxis qoʻyishga yuboriladi.

Tekshiruv natijalariga koʻra tor soha mutaxassisi koʻrigiga yuborish va (yoki) mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish chorasi belgilanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid