Poytaxtga yuk mashinalari kirishi vaqtincha cheklanadi
Joriy yilning 14-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida bir qator yirik xalqaro tadbirlar oʻtkaziladi.

14-17 noyabr kunlari poytaxtga yuk mashinalari kirishi cheklanadi, shahar ichida ularning harakati toʻxtatiladi. Bu haqda IIV maʼlumot berdi.
Joriy yilning 14-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida bir qator yirik xalqaro tadbirlar oʻtkazilishi munosabati bilan ayrim koʻchalarida vaqti-vaqti bilan transport vositalarining harakati qisman cheklanib, ular uchun aylanma harakat tashkil etiladi:
-15 noyabr kuni soat 14:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Ganga koʻprigi kesishmasidan boshlab, Abdulla Qodiriy, Qorasaroy va Zarqaynar koʻchalari chorrahasigacha boʻlgan yoʻl vaqtincha yopiladi. Haydovchilar Sebzor va Nurafshon koʻchalari orqali aylanma tarzda harakatlanishlari mumkin.



-15 noyabr kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha Abdulla Qodiriy – Qorasaroy koʻchalari chorrahasidan boshlab, Qorasaroy koʻchasi boʻylab Nurafshon–Qorasaroy chorrahasigacha harakat vaqtincha cheklanadi. Aylanma yoʻl sifatida Qorasaroy koʻchasidan Kichik halqa yoʻliga va Nurafshon koʻchasidan Sebzor koʻchasi yoʻnalishiga harakatlanish tavsiya etiladi.

-16 noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov – Botir Zakirov koʻchalari chorrahasidan boshlab, Islom Karimov koʻchasi boʻylab Furqat koʻchasi chorrahasigacha vaqt-vaqti bilan qisman yopiladi. Haydovchilar Botir Zakirov – Alisher Navoiy hamda Olmazor – Beshyogʻoch koʻchalari orqali aylanma yoʻldan foydalanishlari mumkin.
16 noyabr kuni soat 09:00 dan 15:00 gacha Islom Karimov – Furqat chorrahasidan Furqat koʻchasi boʻylab Xadra maydonigacha ikkinchi darajali yoʻl vaqtincha yopiladi. Aylanma yoʻl sifatida Alisher Navoiy va Islom Karimov koʻchalari orqali harakatlanish mumkin.

Toshkent shahriga yuk avtomobillarining kirishi cheklanadi.
Shahar ichida yuk mashinalarining harakati toʻxtatiladi.
Vodiydan vohaga, vohadan vodiyga kelayotgan transport vositalari aylanma yoʻllar orqali yoʻnaltiriladi.