platina.uz
Jamiyat

Xususiy bandlik agentliklariga yangi huquqlar berildi

Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi toʻgʻrisidagi talab chiqarib tashlandi. 

Xususiy bandlik agentliklariga yangi huquqlar berildi

Ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash tizimi takomillashtiriladi.

Qonun (OʻRQ–1095-son, 11.11.2025 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonun bilan qonun hujjatlariga Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirish, shuningdek ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, xususiy bandlik agentliklariga quyidagi huquqlar berildi:

- ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;

- zaxira qilinadigan mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish.

Bundan tashqari, Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi toʻgʻrisidagi talab chiqarib tashlandi.

Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq toʻlanishi belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid