platina.uz
Jamiyat

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar taqdirlanadi

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni boʻyicha nizom ham tasdiqlandi. Ushbu mukofotni olganlarga BHMning toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi. 

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar taqdirlanadi

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi belgilandi.

Hukumat qarori (715-son, 11.11.2025 y.) bilan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflar har yili 20 aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etiladi.

Komissiya xulosasi asosida har yili 20 mayga qadar Agentlik direktorining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadigan shaxslarga har yili 1 iyun – Agentlik tashkil etilgan kun arafasida Agentlik direktori tomonidan koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshiriladi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Hukumat qarori (717-son, 11.11.2025 y.) bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Koʻkrak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1 mayga qadar taqdim etiladi.

Koʻkrak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid