platina.uz
Jamiyat

“EKO NOM” va “Novator” suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi

Bu haqda "Oʻzsuvtaʼminot" xabar qildi. Ularga berilgan sertifikat muddati tugagan. 

“EKO NOM” va “Novator” suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi

“EKO NOM” va “Novator” rusumli suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda "Oʻzsuvtaʼminot" xabar berdi.

“Novator LK” turidagi hisoblagichlar 2018-yilda amalda boʻlgan GOST 6019-83 davlatlararo standarti talablariga muvofiq sinovlardan oʻtkazilgan va 02.3644-18-son bilan davlat reyestriga kiritilgan.

Ushbu hisoblagichga berilgan sertifikat muddati 2023 yil 30 avgust kuni tugagani bois amalda emas.

“EKO NOM” turidagi hisoblagichlar 2016 yil 30 iyunda 02.3251-16-son bilan davlat reyestriga kiritilgan boʻlib, 2020-yil 10-iyulda (“EKO NOM SV” turidagi hisoblagichlar uchun 2024 yil 29 noyabrga qadar) amal qilish muddati tugagan. Hozirgi vaqtda mazkur hisoblagichlar amaldagi O‘zMSt ISO 4064-1:2024 (ISO 4064-1:2014, IDT) milliy standarti talablari boʻyicha sinovlardan oʻtkazilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hududida foydalanishga ruxsat etilgan suv hisoblagichlari roʻyxati ushbu havolada koʻrsatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid