platina.uz
Jamiyat

Samarqandda 300 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan fermer ushlandi

U hokimiyat tizimidagi tanishlari orqali 3 gektar yerni issiqxona tashkil etmoqchi boʻlgan shaxsga rasmiylashtirib bermoqchi boʻlgan. 

Samarqandda 300 ming dollarga yer sotmoqchi boʻlgan fermer ushlandi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi.

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida donli ekinlar yetishtirish bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjalik rahbari hokimiyat tizimidagi tanishlari orqali xoʻjalikning 3 gektar yer maydonini issiqxona tashkil etmoqchi boʻlgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 300 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fermer xoʻjalik rahbari oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qarshi tumanida yashovchi, 1992 va 1998 yillarda tugʻilgan 2 nafar shaxs oʻzaro til biriktirib, davlat zaxirasidagi 8 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali Koʻkdala tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga yashash xonadoni qurishi uchun olib berish evaziga 180 mln soʻm talab qilishadi.

Lekin, ular oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX avvalroq Sirdaryoda er-xotin tashkil qilgan narkolaboratoriya fosh etgandi.

Ogʻufurushlar MDH boʻylab internet tarmogʻida sintetik narkotiklar sotish bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh tomonidan xorijdan yuborilgan xom-ashyolardan foydalanib, giyohvandlik vositalari tayyorlashgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid