Pora bilan ushlangan Xonobod shahar sobiq sudyasiga hukm oʻqildi
U Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 25,211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan joriy yilning 17 oktabr kuni eʼlon qilingan hukmiga muvofiq Xonobod shahar sobiq sudyast Yu.E. Jinoyat kodeksning 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 25, 211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Unga 2,5 yil davomida mansab lavozimlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 10,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shu yil may oyida Yu.E. pora bilan ushlanib, qamoqqa olingandi. Sudyalar oliy kengashi xulosasi bilan uning sudyalik vakolati toʻxtatilgandi.
