platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilish boʻyicha qonun loyihasi maʼqullandi

Bu yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishga hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi. 

Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilish boʻyicha qonun loyihasi maʼqullandi

Qonunchilik palatasi yigʻilishida Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilishga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilovchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan islomiy bank va moliya operatsiyalariga oid huquqiy normalar loyihada aks ettirilganligi maʼqullandi. Shuningdek, moliya standartlari hamda investitsiyaviy depozitlarga oid normalar boʻyicha avval bildirilgan takliflar inobatga olinganligi xalq vakillari eʼtiborida boʻldi.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda islomiy bank xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etishga, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishga hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid