platina.uz
Sport

FIFA U-17: Oʻzbekiston Panamani tor-mor keltirdi

Oʻyinda futbolchilar chiroyli gollari, darvozabonimiz esa ajoyib seyvi bilan qahramonlik koʻrsatishdi.

FIFA U-17: Oʻzbekiston Panamani tor-mor keltirdi

Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati J guruhi 3-tur oʻyinida Oʻzbekiston terma jamoasi Panama ustidan yirik hisobda gʻalaba qozondi va pley-offga yoʻl oldi.

Birinchi taymda hisob ochilmagan boʻlsa-da, darvozamizga belgilangan penaltini qaytargan posbonimiz qahramonligi bilan esda qoldi, deyish mumkin.

Ammo ikkinchi boʻlimda yigitlarimizning ishtahasi ochilib ketdi va birin-ketin gollar ura boshladi. Dastlab 48-daqiqada Shukurullayev, keyin Hasanov 53-daqiqada gol urdi.

68-daqiqada Sodiqov, 90+1-daqiqada Rustamov, 90+4-daqiqada Aliyev hisobni yiriklashtirdi. 90+5-daqiqada esa Saidov penaltidan gol urib, 6:0 hisobini taʼminladi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Paragvay va Irlandiya nursiz durang qayd etishdi. Shu tariqa Oʻzbekiston 2-oʻrin bilan pley-offga chiqdi. Raqiblarimiz keyinroq maʼlum boʻladi.

FIFA U-17, J guruhi, 3-tur

Oʻzbekiston - Panama 6:1
Gollar: Shukurullayev 48, Hasanov 53, Sodiqov 68, Rustamov 90+1, Aliyev 90+4, Saidov, 90+7 pen. - Pacheko 90+10

Irlandiya - Paragvay 0:0.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid