platina.uz
Sport

Timur Kapadze Oʻzbekiston terma jamoasidan ketdi

U faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida ekanini bildirgan. 

Timur Kapadze Oʻzbekiston terma jamoasidan ketdi

Timur Kapadze Oʻzbekiston termasidan ketdi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.

Aytilishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze oʻz faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirgan holda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga lavozimidan ozod etilish toʻgʻrisida murojaat qilgan.

Mutaxassisga boshqa taklif tushgani hamda u oʻz murabbiylik faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida ekanini bildirgan.

"OʻFA rahbariyati uning qarorini hurmat bilan qabul qildi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Timur Kapadzening oʻzbek futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi va uning murabbiylik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi", deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Timur Kapadze qoʻl ostida BAAga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston JCh yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid