platina.uz
Siyosat

Ziroat Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol roʻyxatiga kiritildi

Onco Daily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash boʻyicha yetakchi insonlar roʻyxatini eʼlon qildi. 

Ziroat Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol roʻyxatiga kiritildi

Oʻzbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol roʻyxatiga kiritildi.

Onco Daily xalqaro platformasi saraton kasalligiga qarshi kurash boʻyicha jahon kun tartibini belgilovchi yetakchilarni oʻz ichiga olgan "Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol" reytingini eʼlon qildi.

Ular orasida Oʻzbekiston Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ham bor.

Ekspertlar Ziroat Mirziyoyevaning bolalarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash va davolash tashabbuslarini ilgari surish, bolalar onkologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, ogʻir kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish boʻyicha global harakatni qoʻllab-quvvatlashdagi hissasini alohida taʼkidlagan.

"Ziroat Mirziyoyeva 2025 yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va St.Jude tadqiqot shifoxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish boʻyicha global harakat" nomli muhim forumga raislik qildi hamda jahon hamjamiyatini saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini oshirish uchun shoshilinch choralar koʻrishga chaqirdi.

Uning faoliyatida butun dunyo boʻylab, ayniqsa yashovchanlik koʻrsatkichlari sezilarli darajada past boʻlgan mamlakatlarda bolalarga tibbiy yordamdan teng foydalanishni taʼminlash masalalari alohida oʻrin egallaydi.

U milliy strategiyalarni 2030 yilga borib saraton kasalligiga chalingan bolalarning yashovchanlik darajasini 60 foizga yetkazishdek xalqaro maqsadlar bilan bogʻlash orqali Oʻzbekistonning global sogʻliqni saqlash siyosatidagi oʻrnini mustahkamladi", - deyiladi reytingda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid