Xalqaro zaxiralar tarixiy rekord oʻrnatdi
Jahon bozoridagi oltin narxining 50% oʻsishi mamlakat zaxiralarining koʻpayishiga asosiy omil boʻldi.

2025 yil 1 noyabr holatiga koʻra, mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 59,3 mlrd dollarga yetgan. Bu tarixdagi eng yuqori koʻrsatkich ekani aytilgan.
Zaxiralar qiymati bir oyda 4,3 mlrd dollarga oshgan, shundan:
- valyuta qismi — 731 mln dollarga;
- oltin qismi — 3,6 mlrd dollarga, yaʼni 47,8 mlrd dollargacha koʻpaygan.
Oltin zaxirasining hajmi ham 11,6 mln troya unsiyadan 11,9 mln unsiyagacha oshgan.
Jahon bozoridagi oltin narxining 50% oʻsishi mamlakat zaxiralarining koʻpayishiga asosiy omil boʻlgan.
Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, zaxiralar tarkibidagi qimmatli qogʻozlar qiymati ham 1 mlrd dollardan oshib ketgan. Oltin narxi 2025 yilda ilk bor 1 unsiya uchun 4381 dollardan oshgan.