platina.uz
Iqtisod

Toshkent viloyatida byudjetdan 141 mlrd soʻm ajratiladi

Birgina Parkent tumanidagi jami 114,3 km ichki yoʻllarni yaxshilash xarajatlari uchun 50 mlrd 675 mln soʻm beriladi. 

Toshkent viloyatida byudjetdan 141 mlrd soʻm ajratiladi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalaridan foydalanish boʻyicha qarorni eʼlon qildi. Qaror 2025 yil 7 noyabr kuni chiqarilgan.

Jumladan, Olmaliq va Yangiyoʻl shaharlararo perinatal markazlarini kislorod stansiyasi bilan taʼminlash xarajatlariga 1 mlrd soʻm, Chirchiq olimpiya va paralimpiya markaziga 3,5 mlrd soʻm, Parkent tumanidagi jami 114,3 km ichki yoʻllarni yaxshilash xarajatlari uchun 50 mlrd 675 mln soʻm beriladi.

Respublika sud ekspertiza viloyat boʻlimi maʼmuriy binosini qurish va taʼmirlashni oʻz vaqtida yakunlash uchun 5 mlrd 62 mln soʻm, taekvando WTF viloyat federatsiyasiga bino qurishga 5 mlrd 51 mln soʻm, Chirchiq shahridagi harbiy poligonga olib boruvchi 4,1 km uzunlikdagi yoʻlni taʼmirlashga 4 mlrd soʻm, Boʻka tumanidagi ogʻir ahvoldagi mahallalarni yoʻllarini taʼmirlash va obodonlashtirish ishlariga 6,6 mlrd soʻm beriladi.

“Nurafshon biznes markazi” hududida joylashgan “Test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan namunaviy tipdagi pavilon qurish” obʼektiga olib boruvchi va “Malaka oshirish instituti” obʼektidan “Kiberxavfsizlik instituti”ga olib boruvchi ichki yoʻllarni qurish xarajatlari uchun 10 mlrd soʻm ajratiladi.

Avvalroq Toshkentda tibbiyot xodimlari bayramiga 1,2 mlrd soʻm sarflanishi maʼlum boʻlgandi.

Mablagʻlar poytaxt sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga ajratiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid