platina.uz
Jamiyat

Narkojinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi

Ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar jazoni oʻtashdan muddatidan avval shartli ozod qilinmaydi.

Narkojinoyatlar uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi

Prezidentning 3 noyabrdagi "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoni bilan narkojinoyatlarga qarshi choralar kuchaytirilyapti.

1. Yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadigan narkojinoyatlar:

  • narkojinoiy uyushma tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek, giyohvandlik vositalarini uyushgan guruh tomonidan transchegaraviy usullarda yoki internet tarmogʻidan foydalanib oʻtkazish;
  • giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalaga kiritishga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan homiylik (rahnamolik) qilish yoki bunday jinoyatlar fosh boʻlishining oldini olish maqsadida xabar berish;
  • gʻayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash;

2. Giyohvandlik vositalarini jamoat joylarida isteʼmol qilganlik uchun oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosini qoʻllashni nazarda tutuvchi maʼmuriy javobgarlik kiritiladi;

3. Jinoiy javobgarlik choralarini ikki baravargacha ogʻirlashtiriladigan narkojinoyatlar:

  • giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp miqdorda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda koʻp miqdorda har qanday usulda oʻtkazish;
  • kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni taʼlim tashkilotlarida, ozodlikdan mahrum qilish joylarida, internet tarmogʻidan foydalanib, xavfli yoki oʻta xavfli retsidivist tomonidan muomalaga kiritish, shuningdek, ularni koʻp miqdorda kontrabanda qilish;
  • alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini (oʻtkazish maqsadisiz) koʻp miqdorda va takroran sodir etish;
  • giyohvandlik vositalarini har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlganda;

4. Voyaga yetmaganlarni va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilish maqsadida:

  • har qanday narkojinoyatni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ularni jalb qilgan holda sodir etishni jinoiy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holati sifatida qayd etiladi;
  • voyaga yetmagan shaxsni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilishga jalb qilganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik belgilanadi;
  • taʼlim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki taʼlim tashkilotlariga tutash hududlarda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari ikki baravargacha ogʻirlashtiriladi;
  • voyaga yetmagan shaxslarni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni aynan taʼlim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki ularga tutash hududlarda isteʼmol qilishga jalb qilganlik uchun oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlik kiritiladi.

5. Ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid